O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’g’rilik “issiz izi”dan fosh etildi

2019 yil 9 aprel kunidan 10 aprel kuniga o’tar kechasi noma’lum shaxs Xorazm viloyat Xonqa tumanida yashovchi fuqaro B.N.ning uyiga devor oshish yo’li bilan g’ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy qiymati 5.400.000 so’mlik zargarlik buyumlari va “Alcatel” rusumli uyali telefonini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni fuqaro M.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech