O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’g’rilik “issiz izi”dan fosh etildi

2018 yil 16 dekabrdan 2019 yil 3 yanvargacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma'lum shaxs Samarqand viloyat Jomboy tumanida yashovchi fuqaro T.A.ning uyiga devor oshish yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan 70.000 so’m va 600 rossiya rubli miqdoridagi pul mablag’lari, “Nokia” rusumli uyali telefon, fotoapparat va umumiy qiymati 8.500.000 so’mlik zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro E.T. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech