O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kissavurlik fosh etildi

2019 yil 7 yanvar kuni soat taxminan 19:00 da, fuqaro J.Sh. Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Markaziy” dehqon bozori hududida fuqaro Q.M.ning egnidagi paltosini cho’ntagidan “Samsung” rusumli uyali telefonini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro J.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish, jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo’l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik)) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech