O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

3 yil oldingi bosqinchilik jinoyati fosh qilindi

Toshkent viloyati. 2017 yilning 24 may kuni soat 13:00 da Qibray tumani, Yangiobod QFY, da yashovchi 35 yoshli L.P., (ayol) o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan “U” ismli shaxs bilan ko‘chada uchrashib, so‘ng uni uyiga taklif qilib, birgalikda ta'maddi qilib bo‘lganlaridan so‘ng “U” ismli shaxs stol ustida turgan bolg‘a bilan L.P., ni yelka qismiga zarba berib, yuvinish xonasiga olib kirib, qo‘llari bilan yuz qismiga urib, tan jarohati yetkazib, bo‘yin qismidan bo‘g‘ishi natijasida L.P., xushini yo‘qotgan.

Bundan foydalangan “U” ismli shaxs L.P., ning uyidan narxi 400 AQSh dollarga teng “NR” rusumli noutbuk, 100.000 so‘mlik “Nokia-1600” rusumli uyali telefon apparati va 300 AQSh dollariga teng “Samsung Galaxy Tab-3” planshetini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat-prosessual kodeksining 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga (Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi) asosan harakatdan to‘xtatilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni sodir etgan “U” ismli shaxs Namangan viloyatida yashovchi 28 yoshli U.Y., ekanligi aniqlanib, ushbu shaxs Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida hududida ushlangan hamda Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga olib kelingan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov qayta tiklanib, U.Y., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech