O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ko‘p miqdordagi tovarlar o‘zlashtirildi, tergov olib borilmoqda.

Toshkent viloyati. 2020 yil 02 fevral' kuni Turkmaniston Respublikasi fuqarosi 54 yoshli M.B. Toshkent tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilning iyul' oylarida 38 yoshli U.M. bilan kelishib, O‘zbekiston Respublikasiga jami 22 ta vagon “Gaza beton” g‘ishtlarni keyinchalik sotish maqsadida Toshkent tumanidagi omborlardan biriga tushurib, keyinchalik ulardan umumiy qiymati 501.812.800 so‘mlik 7 ta vagon “Gaza beton” g‘ishtlarni talon-taroj qilib, sotib yuborilayotganligi holati yuzasidan, U.M.,ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech