O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Shisha sinig’i bilan og’ir tan jarohati yetkazdi

2018 yil 30 oktyabr kuni soat taxminan 23:30da, fuqaro S.M. Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani hududida tanishi T.Sh. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning chap yelka sohasiga shisha sinig’i bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada T.Sh. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. S.M. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og'ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech