O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tanishiga shisha sinig‘i bilan tan jarohati yetkazdi

Qoraqalpog‘iston. 2020 yilning 09 iyun' kuni soat 18:30 da Qonliko‘l tumani "Jaңakal'a" ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi 36 yoshli A.T., tanishi 30 yoshli B.D., bilan birgalikda spirtli ichimlik ichib o‘tirgan vaqtida, o‘zaro janjallashib qolib, janjal davomida A.T., mast holatda shu yerda turgan aroq shisha idishini sindirib, ushbu singan idish bo‘lagi bilan B.D., ning qorin qismiga bir necha marotaba urib, unga tan jarohat yetkazgan.

Natijada B.D., tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat Qonliko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech