O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tanishini tosh bilan jarohatladi

2018 yil 13 noyabr kuni soat taxminan 22:30da, fuqaro B.E. Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanida joylashgan “Orom” kafesi oldida bo’la turib, tanishi T.O. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning boshiga tosh bilan urib, yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech