O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Muqaddam sudlangan yana giyohvandlik vositasi bilan qoʼlga tushdi

Surxondaryo. 2020 yilning 10 iyulь kuni Аngor tumani IIB xodimlari tomonidan “Sharq-guli” mahallasi hududida oʼtkazilgan tadbir davomida, muqaddam giyohvandlik vositasi bilan bogʼliq jinoyatni sodir etganlik uchun sudlangan 44 yoshli N.N., ning yonidan kelgusida qonunga xilof ravishda oʼtkazish maqsadini koʼzlab, sof vazni 20.07 gramm boʼlgan “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Аngor tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan N.N., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (koʼp miqdorda giyohvand vositasini oʼtkazish) jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. N.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech