O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sudlangan shaxs takroran jinoyat sodir qildi

2018 yil 11 sentyabr kuni soat taxminan 19:00da, muqaddam sudlangan X.M. Surhondaryo viloyat Sariosiyo tumanida joylashgan uyi oldida tanishi N.X. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning orqa ko'krak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada N.X. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonada vafot etgan. X.M. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, prokuratura organi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech