O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qoradori-2019”

2019 yil 11 may kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2019” tadbiri davomida Andijon viloyati Ulug’nor tumanida yashovchi fuqaro E.I.ning uyi ko'zdan kechirilganda, u o’z uyida umumiy og’irligi 177,5 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ulug’nor tuman IIB huzuridagi Tergov bo’linmasi tomonidan E.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida E.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug’nor tuman sudining 14.07.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro E.I. Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech