O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tintuvda aniqlangan o‘q dori vositalar

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan 2020 yilning 04 mart kuni Sariosiyo tumani “Bog‘ishirin” mahallasida yashovchi 60 yoshli R.M., ning yashash uyida tintuv tergov harakati o‘tkazilganida, xonadonning seyf ichida jami 16 dona bo‘sh patron gilzalari va 8 dona joylangan jangovar patronlar, bonkaga joylangan 97,36 gramm porox borligi, shuningdek ov qurol tozalaydigan 1 dona shompol va 1 dona yelim idishda jami 2 kilogramm sochma droblar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid ballistika ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, 8 dona 16 kalibirli patronlar jangovar ov o‘q dorilar turkumiga kirishi va otish uchun yaroqli bo‘lib, 16 dona gil'zalar foydalanish uchun yaroqli ekanligi, ushbu o‘q dorilar va aniqlangan shompol “IJ” rusumli ov quroliga tegishli ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuradagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech