O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyatchi uzoqqa bora olmadi

2018 yil 11 dekabr kuni soat taxminan 18:00da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro N.Sh.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro Z.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech