O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

6 yil avvalgi jinoyat fotorobot yordamida fosh qilindi

Toshkent. 2014 yilning 16 iyulь kuni soat 03:00 da nomaʼlum erkak va ayol bir guruh boʼlishib oldindan til biriktirib, otvyortka va tosh bilan qurollanib, Olmazor tumani Beruniy B-1 dahasida 38 yoshli B.X., boshqaruvida boʼlgan “Spark” rusumli avtomashinaga yoʼlovchi sifatida oʼtirib, B.X., ning hayoti va sogʼligi uchun xavfli boʼlgan zoʼrlik ishlatib, uning bosh qismiga oʼzlari bilan olib kelgan tosh bilan urib, unga tegishli boʼlgan 100.000 soʼm miqdordagi pullarni olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan Olmazor tumani IIB Tergov boʼlimi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi, “a,b” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat boʼyicha jabrlanuvchining soʼzidan jinoyat sodir etgan ayolning subʼektiv portreti (fotorobot) tuzilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni sodir etgan ayol 35 yoshli G.А., ekanligi aniqlanib, ushlangan hamda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, ayblanuvchi G.А., ning jinoiy sherigi Navoiy viloyatida tugʼilgan 28 yoshli T.S., ekanligi aniqlangan, T.S., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsesual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech