O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Haydovchining cho‘ntagidagi yarim kilogrammlik “og‘u” sotuvga chiqib ketishi oldi olindi

Toshkent viloyati. 2021 yil 21 yanvar kuni soat 08:30larda Bekobod shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbiri davomida, 22 yoshli Ozod D. “VAZ 21011” rusumli avtomashinani  boshqarib ketayotgan vaqtida, Bekobod shahar G‘.G‘ulom ko‘chasida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, Ozod D.ning egnida bo‘lgan qora rangli nimchasining o‘ng cho‘ntagidan to‘q ko‘k rangli paypoq ichida skotchlangan o‘ram borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertizasi xulosasida, Ozod D.,dan olingan modda “opiy” giyohvandlik vositasi ekanligi va uning umumiy og‘irligi 501,6 grammni  tashkil etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Ozod D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Dastlabki tergov jarayonida Ozod D.,ga nisbatan ayblov eʼlon qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Taʼkidlab o‘tish joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

      

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech