Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘ch olishning oqibati

Toshkent viloyati. 2021 yilning 22 aprel kuni G‘isht-ko‘prik bojxona posti yaqinida 25 yoshli A.Umidjon va 30 yoshli P.Iskandarlar o‘rtasida Qozog‘iston Respublikasiga kirib chiquvchi fuqarolar uchun PSM testidan o‘tkazishga navbat talashishlari natijasida janjal kelib chiqqan hamda ushbu janjaldan g‘azablangan P.Iskandar 24 yoshli U.Madiyar, Yu.Mirsodiq va boshqalar bilan shu kuni soat 18:40larda A.Umidjonni Chimkent yo‘li ko‘chasida joylashgan 29-sonli MTM oldiga chaqirib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan sheriklari bilan bir guruh bo‘lib A.Umidjon, X.Sardorlarni urib-do‘pposlab, ularning bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan o‘zga fuqarolarga faol qarshilik ko‘rsatganlar. Natijada 24 aprel kuni soat 14:30 larda X.Sardor o‘zining qarindoshlari bilan bir guruh bo‘lib, 22 aprel kunidagi janjal uchun Yu.Mirsodiqdan qasd olish maqsadida, uni Guliston hududi G‘isht-ko‘prik mahallasi hududida tanasining turli qismlariga “bita” tayog‘i bilan jarohat yetkazib, ularning bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan fuqarolarga faol qarshilik ko‘rsatganlar.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech