O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kasalxonadan tezroq uyga ketish “istagi” endilikda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan yakunlanishi mumkin

Toshkent viloyati. 2023 yilning 28 iyun kuni soat 13:10larda nomaʼlum shaxs o‘zganing avtomashinasini olib qochish maqsadida, Chirchiq shahar Gulyayeva ko‘chasida joylashgan “24/7” dorixonasi ro‘parasida bo‘la turib, “NEXIA-3” rusumli transport vositasini egasi, 53 yoshli O.U. eshiklarni ochiq  xolda, kalitni o‘t oldirgichda qoldirib, do‘konga kirib ketganligini ko‘rib, o‘zining g‘arazli maqsadini amalga oshirib, avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.

Ushbu holatdan so‘ng, nomaʼlum shaxs avtomashinani Chirchiq shahar A.Navoiy ko‘chasida boshqarib kelayotib, 41 yoshli S.I.ning boshqaruvidagi “NEXIA-2” rusumli avtomashina orqa tomonidan urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan va Chirchiq shahar IIB JQB xodimlari tomonidan ushlangan.

Nomaʼlum shaxsning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u Toshkent viloyatida yashovchi 35 yoshli U.M. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi so‘roq qilinib, undan nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l o‘rganligini so‘ralganida, u Chirchiq shahar Gulyayeva ko‘chasida joylashgan shifoxonasida oyog‘ini davolaganligini va uyga ketish istagini shifokorlarga maʼlum qilganligida, shifokorlar o‘nga ruxsat bermaganligidan jahli chiqib, ko‘chaga chiqib mazkur avtomashinani ko‘rib uyiga yetib olish maqsadida olib qochganligini bayon etgan.

Hozirda gumon qilinuvchining ko‘rgazmalari tekshirilib, uning ruhiy sog‘lomligi tekshirilmoqda.     

Tergov davom etmoqdan.

Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Ogohlik – davr talabi.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

mayor I. Toirov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech