O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nima sababdan 11-sinf o‘quvchisi talonchilikka qo‘l o‘rganligi tergov jarayonida aniqlanadi

Toshkent shahri. 2021 yilning 10 may kuni soat 18:30larda nomaʼlum shaxs Yashnobod tumani Baxt ko‘li 1-berk ko‘chasi hududidan o‘tib ketayotgan  61 yoshli I.Zeniyeni qo‘lida bo‘lgan narxi 150.000 so‘mlik charmdan ishlangan ayollar sumkasi, sumka ichidagi narxi 1.000.000 so‘mlik “SAMSUNG” rusumli telefon apparatini hamda 1.200.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni 11-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan 17 yoshli Sh.Abror sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sh.Abrorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech