O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yuqorichirchiqdagi pichoqbozlik.

2020 yil 09 yanvar kuni soat 02:25 larda muqaddam sudlangan 23 yoshli X.U. qo‘shma korxonada o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi 25 yoshli Sh.N. bilan o‘zaro tortishib qolib, o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, dala maydonida o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan Sh.N.ni tanasining ko‘krak qafasi orqa yuzasiga bir necha marotaba zarba berib tan jarohati yetkazgan.

Dastlabki tibbiy ma'lumotnomaga ko‘ra Sh.N.ning tanasida “chap tomon ko‘krak qafasiga teshib kirgan jarohati” borligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech