O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼsmirlar orasidagi pichoqbozlik, jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Аndijon. 2020 yilning 06 mart kuni soat 18:00 da Аndijon shahar Tiklanish koʼchasida 17 yoshli Sh.А. va 19 yoshli I.Q.,lar oʼzaro tortishib, janjallashib qolganlar, janjal vaqtida Sh.А., yonida boʼlgan pichoq bilan I.Q. ning biqin qismiga urib jarohat yetkazgan. Natijada I.Q., kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Аndijon shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Tergov harakatlari davomida pichoq oʼrnatilgan tartibda olingan, Sh.А., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va ehtiyot chorasini qoʼllash masalasi koʼrilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, farzandlaringiz yonida sovuq qurol olib yurgan yoki yurmaganligini tekshirib nazorat qilib turishingizni soʼraymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech