O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’g’irlangan g’ildiraklar egasiga qaytarildi

2018 yil 17 noyabrdan 18 noyabrga o’tar kechasi, noma'lum shaxslar Farg’ona viloyati Farg’ona shahrida hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro J.A.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinaning to’rt dona g’ildiraklarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashirinishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.M., M.T. va Y.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech