O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Parvoz bekor qilindi. Chipta haqiqiy emas

Qashqadaryo. Qarshi shahrida joylashgan MChJ ijrochi direktori, 33 yoshli L.E., shu MChJ taʼsischisi 32 yoshli I.M., va gʼaznachisi 47 yoshli J.Sh., lar bilan oldindan oʼzaro jinoiy til biriktirib, 2020 yil 8 yanvarь kunidan 15-fevralь kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida fuqarolarga “Qarshi-Moskva”, “Samarqand-Moskva” va “Toshkent-Moskva” yoʼnalishlari boʼyicha avia reyslar uchun noqonuniy, roʼyxatdan oʼtmagan chiptalar sotib, jami 38 nafar fuqarolarning jami 75.284.476 soʼm miqdoridagi pullarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, ushbu pullarni oʼzlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Qarshi shahri boʼyicha IIO FMB 2-sonli IIB Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech