O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyatida bosqinchilik sodir etildi, tergov olib borilmoqda.

Toshkent viloyati. 2020 yilning 09 fevral' kuni taxminan soat 16:10 larda noma'lum shaxs “Oxunboboev” istirohat bog‘ida uyiga qaytayotgan 22 yoshli N.S.,ni qo‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazib, 500.000 so‘m pullari va “Xiaomi” rusumli telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan. Natijada N.S., olgan tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni N.S., bilan birga yashagan 26 yoshli M.B., sodir etganligi aniqlangan va ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida M.B.,ga nisbatan ayblov e'lon qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech