O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qariyb 1 kg. marixuana aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 13 sentyabrь kuni soat 13:30 da IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qibray tumani Parvoz MFY da yashovchi 50 yoshli D.S., ni xonadoni koʼzdan kechirilganida uyning ichkari xonalarida yoyilgan yashil rangli, oʼtkir hidli, oʼsimliklar quritilayotgan aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra, olib qoʼyilgan oʼsimliklar sof vazni 974 grammni tashkili qilishi va «marixuana» giyohvandlik vositasi ekanligi koʼrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda tergov harkatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov deparatmenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech