O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Niqob ostidagi “ayol”

Namangan viloyati. 61 yoshli fuqaro Sh.Z. Namangan shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 19 may kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Feruza Qo‘chqorova” nomli profil egasi bilan tanishib qolib, bir-birlariga o‘zaro SMS xabarlar va behayo tushgan suratlarini yuborganliklarini, so‘ng “Feruza Qo‘chqorova” uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yubormasligi evaziga 2 million so‘m pullarni talab qilayotganligini maʼlum qilgan.

22 may kuni soat 14:00 larda Namangan shahri Chorsu mahallasida “Kudratilla” ismli shaxs Sh.Z.dan kimyoviy ishlov berilgan 2 million so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida, “Feruza Qo‘chqorova” nomli profil egasi aslida 47 yoshli fuqaro A.K.ning o‘zi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

  

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech