O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Arzimagan mushtlashuv o‘lim bilan tugadi.

2020 yil 20 fevral' kuni 66 yoshli X.T. yuz va chap ko‘z jarohatlari bilan Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilganida, X.T.ni fuqaro 32 yoshli D.X. urganligi aniqlangan.

2020 yil 23 fevral' kuni X.T.,ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech