Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangiyo‘lda begona erkak 8 yashar qizni olib ketmoqchi bo‘ldi” nom ostida tarqalgan maʼlumot yuzasidan

Toshkent viloyati. Joriy yilning 29 yanvar kuni soat taxminan 12:10 larda nomaʼlum shaxs Yangiyo‘l shahri Samarqand ko‘chasida joylashgan 10-sonli o‘rta taʼlim maktabi oldidan o‘tib ketayotganida mazkur maktabning 1-sinf o‘quvchisi 2013 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan “Sgaotanga olib boraman va bozordan shirinlik (shokolad) olib beraman, onang aytdi” deb uni aldash yo‘li bilan qo‘lidan ushlab, Samarqand ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, ushbu ko‘chaning temir yo‘l vokzali oldidan o‘tib kelayotganida, ularni ushbu ko‘chada kabob tayyorlab sotuvchi Abdulaziz O.,  ko‘rib qolganligi sababli nomaʼlum shaxs “S” va uning sumkasini tashlab hodisa joyidan yashiringan. 

Mazkur holat yuzasidan 03.02.2021 yilda Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi 2-qismi “a” bandi (Odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech