O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sevgining ayanchli yakuni...

Qashqadaryo viloyati. 2021 yilning 30 yanvar kuni soat 22:00 larda 22 yoshli Javohir Yu., mast holatda sevgan qizi bilan gaplashib olish maqsadida, Koson tumani “Neko‘zMFY Tayzan qishlog‘iga tanishi Adham A. bilan birgalikda kelib, sevgan qizining yashash xonadoni hovlisiga devordan oshish yo‘li bilan kirgan vaqtlarida, Javohir Yu.,ning sevgan qizining ukasi 20 yoshli Bunyod S., hovlisida odam sharpasini sezib, oshxonadan ro‘zg‘or pichog‘ini olib hovliga chiqqan hamda uni ko‘rib qolgan Adham A., hovlining devoridan oshib tushib qochib ketgan, hovlining burchagida qolib ketgan Javohir Yu., esa sevgan qizi bilan gaplashib olishini, sovchilariga nima sababdan rad javobini berganliklarini aytib, Bunyod S., bilan o‘zaro og‘zaki tortishib qolishgan va natijada Bunyod S., qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan Javohir Yu.,ning qorin sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada Bunyod S.,ning oila aʼzolari Javohir Yu.,ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, Qarshi shahrida joylashgan Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filialiga tez tibbiy yordam mashinasida olib borishgan, ko‘rsatilgan birlamchi tibbiy yordamlarga qaramasdan Javohir Yu., olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Bunyod S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov jarayonida, Bunyod S., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech