O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼz jiyani uyda sodir etilgan oʼgʼirlikka alоqador boʼlib chiqdi

Buxoro. 2020 yilning 20 avgust kuni soat 03:00 dan 08:00 gacha boʼlgan vaqt oraligʼida nomaьlum shaxs 40 yoshli А.X., ning Gʼijduvon tumani “F.Yunusov” MFY Paxtakor koʼchasidagi uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida boʼlgan sandiq ichidan 87.150.000 soʼm naqd pullarini oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Gʼijduvon tuman IIO FMB xuzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (koʼp miqdorda sodir etilgan oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv xarakatlari davomida, mazkur jinoyatni muqaddam oʼgʼrilik jinoyat sodir etganlik uchun sudlangan 24 yoshli А.А. sodir qilinganligi aniqlangan.

Tergov jarayonida jabrlanuvchi А.X., ning jiyani voyaga yetmagan 17 yoshli M.А., qarindoshining uyda koʼp miqdorda pul borligi toʼgʼrisida А.А., ga xabar berganlgini, А.А. esa mazkur xabarga koʼra jinoyatni sodir etganligi aniqlangan, А.А., dan ashyoviy dalil tariqasida 44.913.000 soʼm pullar oʼrnatilgan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Jinoyat ishi boʼyicha А.А. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. M.А., ning harakatlariga qonuniy baho berish choralari koʼrilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech