O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holatdagi bezorilar turkiyalik haydovchini do‘pposlashdi

Buxoro. 2020 yil 09 yanvar kuni soat 19:20 larda Jondor tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil' yo‘lining 303 km.da, 31 yoshli G.X. va 30 yoshli J.R.lar mast holatda yo‘lining chekkasida bo‘la turib Turkiya Respublikasi fuqarosi 63 yoshli M.D.ning boshqaruvida bo‘lgan Turkiya davlat raqam belgili “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomashinasiga hech bir sababsiz toshlar otib uni to‘xtatishib, haydovchi M.D.ni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan.
Fuqaro M.D.,ga olgan tan jarohati yuzasidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan qonga o‘xshash dog‘lar olingan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan G.X. va J.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,d” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan qariyaga nisbatan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech