O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Olib qochilgan avtomashinaning ayanchli oqibati

Toshkent shahri. 2021 yilning 23 yanvar kuni 32 yoshli Akram B., 31 yoshli Aziz S.,ni Yangihayot tumani “Chorbog‘” MFY.,da joylashgan xonadonidagi taʼmir ishlarini bajarishi uchun yollab,  27 yanvar kuni kechki ovqat vaqtida birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilishgan va Aziz S., Akram B.,ni uxlab qolganidan foydalanib, soat 21:30 larda Akram B.,ga tegishli “COBALT” rusumli avtomashina kalitini egallab dvigatelini o‘t oldirib, mast holatda avtomashinani olib qochgan. So‘ngra shu kuni soat 23:30 larda mazkur avtomashinani Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobodtepa ko‘chasida joylashgan “Pepsi” zavodi qarshisigacha boshqarib borib, boshqaruvni yo‘qotib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Yo‘l transport hodisasi yuzasidan Zangiota tumani YHXB inspektori tomonidan Aziz S.,ga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Avtomashina olib qochilganligi yuzasidan esa Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Aziz S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech