O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uyali telefon ochiqdan-ochiq talon-toroj qilindi

2018 yil 21 dekabr kuni soat taxminan 15:30da, fuqaro X.D. Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman hududida tanishi S.Sh.ning “Samsung” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan fuqaro X.D. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech