O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Eshikni oching “suv hisoblagich” oʼrnatib beraman

Toshkent viloyati. 2020 yilning oktyabrь oylarida 24 yoshli Xasan M., oʼzganing mulkini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida Quyichirchiq tumani Bogʼiston MFY.,da yashovchi fuqarolar 40 yoshli Ziyoda Yu., 28 yoshli Surayyo J., va 51 yoshli Rayxonoy X.,larning xonadonlariga kelib, oʼzini “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Quyichirchiq tumani filiali xodimi deb tanishtirib, ularning ishonchiga kirib, suv hisoblagich qoʼyib berishni vaʼda qilib, jami 1 930 000 soʼm pul mablagʼlarini olib, ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Xasan M., Yangiyoʼl shahrida istiqomat qilib, hech qaerda ishlamasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Xasan M., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulkingiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish boʼlmagan insonlarga oʼz xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni toʼriga tushib qolmaslik oʼz qoʼlingizda!

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech