O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘ta xavfli retsidivist yana jinoyat sodir etdi

2019 yil 20 aprel kuni soat taxminan 10:00 da, muqaddam sudlangan M.A. muqaddam sudlangan tanishi M.I. bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, Namangan viloyati, Chortoq tumani, Keskanyor mahalla fuqarolar yig‘ini, “Buvaboy Roboxon” fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro M.V.ga tegishli bo‘lgan bahosi olti million so‘mlik bir bosh qora molni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida M.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan, M.I.ga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “garov” ehtiyot chorasi tanlangan hamda dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining 20.08.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro M.A. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan, M.I. esa Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech