O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

16 nafar oltin ruda sotuvchilariga nisbatan hukm o‘qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumani sudi hukm e'lon qildi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2019 yilning iyun oylarida “Navoiy kon – metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi tasarrufidagi “Qoraqo‘ton” konida ishlovchi 38 yoshli Z.X. tarkibida oltin bo‘lgan ma'danli toshlarni o‘g‘irlash maqsadida, konning boshqa ishchilari 28 yoshli F.A., 30 yoshli B.S., 35 yoshli A.R., 30 yoshli I.J., 28 yoshli B.B., 32 yoshli Sh.B., 30 yoshli L.A., 23 yoshli J.J., 26 yoshli J.A., 34 yoshli T.X., 29 yoshli B.S., 27 yoshli M.S., 41 yoshli S.O., 32 yoshli F.A. va 31 yoshli X.K.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, jinoiy rol va vazifalarini taqsimlab, 5 kunlik ish haftasi ya'ni 2019 yilning 13-17 iyun' kunlari davomida qonunga xilof ravishda tarkibida oltin bo‘lgan ma'danli toshlarni qazib olib yig‘ishib, ularni qoplarga joylab, smenaning oxirgi kuni yer osti kon texnikalari yordamida shaxtaning kirish joyiga olib chiqib, jami bahosi 438.039.729 so‘mlik tarkibida 1176,96 gr. oltin va 1210,52 gr. kumush bo‘lgan umumiy og‘irligi 9930 kg. ma'danli toshlarni “MAZ” rusumli navbatchi yuk avtomashinasida yashirin ravishda kon hududidan olib chiqib ketishga erishishgan.

Shundan so‘ng, 2019 yil 18 iyun kuni taxminan soat 02:30 larda B.S. va S.M.lar umumiy og‘irligi 5540 kg. bo‘lgan ma'danli toshlarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lishganida Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharcha IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olinganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, har bir ishtirokchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan juda ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayblov e'lon qilingan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining 2019 yil 18 dekabr kunidagi hukmiga ko‘ra, har bir shaxsga jinoyat sodir etishdagi ishtirokchilik darajasini hisobga olib, tegishli moddalar bilan aybdor deb topilib, Z.X.ga 9 yil 6 oy, F.A.ga 8 yil va boshqalarga ham turlicha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech