O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘ljaning bir qismini tashlab ketgan o‘g‘ri ushlandi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 03 yanvar kuni soat 17:10 da nomaʼlum shaxs o‘zganing mol mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Parkent tumanida joylashgan “Parkent buyum bozori” hududida turgan fuqaro 47 yoshli Xilola Sh., ga tegishli bo‘lgan “Lacetti” avtoulovini old eshigini sim bo‘lagi yordamida ochib, avtomobil salonidagi “bordochog” ichida saqlanayotgan 60.000.000 so‘m miqdoridagi pullar orasidan 40.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni “Parkent buyum bozori”da ishchi bo‘lib ishlovchi fuqaro 29 yoshli Mehriddin T., sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech