O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Opiy” sotuvchisi ushlandi

Surxondaryo viloyati. 2021 yil 08 fevral kuni IIB xodimlariga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Boysun tumani “O‘rmonchi” mahallasida yashovchi 45 yoshli Qosimjon Q., tanishi 68 yoshli Qobil B.,ga 4 dona oq rangli polietilen paketlarga qadoqlangan to‘q malla rangli o‘ziga xos hidli moddaning grammini 400.000 so‘mdan jami 1.600.000 so‘mga sotganligi aniqlanib, o‘z navbatida tezkor tadbir o‘tkazilib, shu kuni soat 18:30 da Qobil B., va Qosimjon Q., lar Denov tumani “Namozgoh” mahallasi hududida 2 dona oq rangli sellofan parchasiga qadoqlangan to‘q malla rangli moddani shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 8.000.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlanib, mazkur moddalar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida Qobil B., va Qosimjon Q.,lardan hujjatlashtirilib olingan jami 6 dona polietilen paketlarga qadoqlangan moddalar 27 grammga teng “OPIY” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Qobil B., va Qosimjon Q.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech