O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xavfli retsidivist qora mol o’g’riligida qo’lga olindi

2018 yil 31 oktyabrdan 1 noyabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi fuqaro A.J.ning uyiga g’ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisidan bir bosh qoramolini o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni xavfli retsidivist T.U. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini xavfli retsidivist tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech