O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qonliko‘l tumanida “talonchilik” sodir etib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2021 yilning 03 fevral kunidan 06 fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, nomaʼlum shaxs Qonliko‘l tumanining turli MFY hududlarida yolg‘iz ketayotgan yo‘lovchilarga nisbatan talonchilik sodir etib, 40 yoshli Paraxat K.,ga tegishli narxi 1 500 000 so‘mlik “RedMi-5” rusumli,  39 yoshli Azamat R.,ga tegishli narxi 1 200 000 so‘mlik «Samsung A10» rusumli hamda 36 yoshli Kayrat K., ga tegishli narxi 1 200 000 so‘mlik «Samsung A 10 S» rusumli uyali telefon apparatlarni ochiqdan-ochiq tortib olib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Qonliko‘l tumani Navro‘z MFY.,da yashovchi 32 yoshli Jenisbay D., sodir etib, qo‘lga kiritgan “RedMi-5”, «Samsung A10» rusumli uyali telefon apparatlarini boshqa tuman hududida sotib yuborib, «Samsung A 10 S» rusumli telefon apparatini sotish maqsadida olib yurganligi aniqlanib, uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Qonliko‘l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jenisbay D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech