O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nafaqaxo‘rni tunagan shaxslar ushlandi

Navoiy. 2020 yilning 3 sentyabr kuni soat 11:40 da ikki nafar nomaʼlum shaxslar o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, o‘zaro jinoiy til biriktirib, yuzlariga matoli niqob taqqan holda, Uchquduq tumani “Geologlar” ko‘chasida yashovchi 87 yoshli P.T., (ayol) uyda yolg‘iz yashashligini bila turib, xonadonga kirish eshigi qulflanmaganligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda, P.T., ning og‘zini o‘zlari bilan olib kelgan mato bo‘lagi bilan berkitib, yuz qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, xonadon yotoqxonasida bo‘lgan shkaf ichidan 1 mln. 500 ming so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar. 

Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 23 yoshli N.X. va 19 yoshli E.N., sodir etganliklari aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha N.X. va E.N., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlarini olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech