O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Og’ir tan jarohati yetkazgan shaxsga sinov muddati belgilandi

2019 yilning 26 aprel kuni soat taxminan 21:00 da, fuqaro A.R. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri hududida fuqaro K.B. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida uning tanasini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada K.B. kasalxonaga yotqizilgan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, K.B.ning tanasida aniqlangan jarohatlar “OG‘IR” tan jarohatlari guruhiga kirishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 07.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro A.R. Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va Jinoyat kodeksining 72-moddasini qo‘llagan holda 1 yil sinov muddati belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech