O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qonunga xilof ravishda saqlanib kelgan ov quroli aniqlandi, jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan

Buxoro. 2020 yilning 03 aprel kuni Qorakoʼl tumani IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbir davomida, “Mirob” mahallasida yashovchi 35 yoshli K.R. oʼzining xonadonida 1960 yilda ishlab chiqarilgan 16-kallibrli “IjK” rusumli ov quroli va uning bir dona patronini tegishli ruxsatsiz saqlab kelayotganligi aniqlanib, oʼrnatilgan tartibda olib qoʼyilgan.

Sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga koʼra, aniqlangan ov quroli va bir dona patronlar otish uchun yaroqli ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Qorakoʼl tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech