O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yonida pichoq olib yurgan shaxs janjal oqibatida og‘ir jarohat yetkazdi

Andijon. 2020 yilning 14 oktyabr kuniga o‘tar kechasi soat 02:00 da Andijon viloyati Izboskan tumani Poytug‘ shahrida joylashgan tuman pedagogika kasb-hunar kolleji yonida 18 yoshli A.B., o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 18 yoshli X.X., bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida A.B., qo‘lida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan X.X.,ni qorin qismi hamda o‘ng soniga bir marotabadan urgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasida, fuqaro X.X., hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” darajadagi tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “B” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha A.B., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB

huzuridagi Tergov boshqarmasi

katta tergovchisi M.Soliyev

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech