O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nomard bosqinchi

Toshkent viloyati. 23 sentyabr soat 16.00 larda nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Angren shahar Taraqqiyot MFYda joylashgan “Suvoqava” DUK binosi oldida bo‘la turib, 35 yoshli 2-guruh nogironi (kar-soqov) A.A.ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uni boshiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan holda, unga tegishli bo‘lgan 30.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Angren shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, keyingi tergov harakatlarini olib borish uchun shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni 32 yoshli I.M. mast holda sodir etganligi aniqlanib, u protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi

podpolkovnik S.S. Shirbacheyev

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech