O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qotil” enaga ushlandi

2018 yil mart oyida Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi muqaddam sudlangan K.K. uyida fuqaro D.A.ning voyaga etmagan o'g'il farzandini kuniga 30.000 so'm evaziga tarbiyalash va boqish uchun olib qolib, D.A.ning voyaga etmagan o'g'il farzandini muntazam ravishda urib kelgan. 2018 yil 9 sentyabr kuni soat taxminan 13:00da, K.K. o'z uyida A.D.ning voyaga etmagan 2014 yilda tug'ilgan o'g'il farzandi D.U.ni yuziga qo'li bilan urib, so'ng uni erga tashlab yuborgan. Natijada D.U. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 15 sentyabr kuni vafot etgan. Gumon qilinuvchi K.K. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish, jabrlanuvchining o’lishiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech