O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kelin o’z qaynotasiga og’ir tan jarohati yetkazdi

2018 yil 25 sentyabr kuni soat tahminan 14:45da, 32 yoshli ayol Qashqadaryo viloyat Kitob tumanida joylashgan o’z uyida birga yashovchi qaynotasi R.A. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning qorin sohasiga qaychi bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada R.A. kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech