O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Neksiya” avtomashinasi egasiga qaytarildi

2018 yil 25 dekabr kuni soat taxminan 00:05dan 05:00 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, fuqaro  E.J. Toshkent viloyat Nurafshon shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro A.Q.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, avtomashinani olib qochgan fuqaro E.J. ushlangan. Avtomashina topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport  vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech