O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nopok yo‘lovchi

Qoraqalpog‘iston. 2020 yilning 29 fevral kuni soat 22:10 da 24 yoshli R.A. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasini Nukus shahri hududidagi avtovokzal yaqinida to‘xtab, avtomashinadan tushgan vaqtida, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan mast holdagi Kegeyli tumanida yashovchi, 20 yoshli A.A. haydovchi yo‘qligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan va Nukus shahar Koksul mahallasi hududida haydab ketayotib, boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetida ag‘darilib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomnidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan (transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib o‘rnatilgan tartibda ushlangan. Dastlabki tergov davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech