O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Firibgarlikning qurboniga aylanib qolmang!

2019 yil 11 aprel kuni fuqaro R.S. Toshkent shahar Sergeli tumani hududida bo’la turib, tanishi A.R.ga Sergeli tumanidan 5 sotix yer maydoni olib berishga va’da berib, buning evaziga undan 11.200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, pul mablag’larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech