O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Firibgarlik qurboniga aylanib qolmang!

2019 yilning fevral oyida fuqaro I.Sh. Toshkent shahar Yunusobod tumani hududida bo’la turib, fuqaro T.A.ga Yunusobod tumanidagi 8 sotix yer maydonini 80.000 AQSh dollariga sotishga va’da berib, oldindan 40.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, pul mablag’larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni juda ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech